Teridagi qizarishi nima sababdan paydo bo‘ladi? Tagliklardan to‘g‘ri foydalanish qoidalari
Teri qizarishi nima sababdan paydo bo‘ladi? Tagliklardan to‘g‘ri foydalanish qoidalari.
Terining qizarishi — chaqaloqlarda tez-tez uchraydigan muammo. Ko‘pchilik ota-onalar bunga tagliklarni aybdor deb hisoblaydi, ular ostida go‘dakning terisi bug‘lanib, yallig‘lanadi deb o‘ylashadi. Ammo pediatrlarning ta’kidlashlaricha, tagliklardan to‘g‘ri foydalanilsa va bola terisi ehtiyotkorlik bilan parvarish qilinsa, bu muammoning oldini olish mumkin.
Teri ta’sirlanishining sabablari.
Terining qizarishi ko‘pincha chaqaloq terisiga siydik va axlat ko’p tegib turishi natijasida paydo bo‘ladi. Axlat parchalanib, ta’sirlovchi xususiyatga ega bo‘lgan ammiak ajratib chiqaradi. Bolalarning terisi kattalarnikidan tubdan farq qiladi. U nozikroq, quruqroq va deyarli himoya moyisiz bo‘ladi. Shuning uchun ham u juda oson shikastlanadi. Bola haddan tashqari issiq kiyintirilganda yoki atrof-muhit harorati yuqori bo‘lganda ahvol yanada yomonlashadi. Teri bug‘lanadi va nisbatan sezuvchanroq bo‘
Terining qizarishiga sabab bo‘luvchi boshqa omillar:
- yuvilgandan so‘ng terini yaxshi quritmaslik,
- gigiyenik muolajalarni (yuvinish, cho‘milish) yetarlicha tez-tez bajarmaslik,
- terining taglik yoki yo‘rgakka ishqalanishi.
Allergiyaga moyil yoki endokrin tizimi buzilgan chaqaloqlar xavfli teriga ega hisoblanadi.
Tagliklardan foydalanishdagi muhim jihatlar.
Bir martalik taglikning o‘zi terining qizarishiga sabab bo‘lmaydi. Aksincha, u siydikni shimib olib, terini quruq va sog‘lom saqlashga yordam beradi. Muammo taglik noto‘g‘ri tanlanganda yoki noto‘g‘ri ishlatilganda paydo bo‘ladi.
Ichki qatlami dag‘al va namni yomon shimadigan sifatsiz tagliklar dermatit rivojlanish xavfini oshiradi. Bunday tagliklar go‘dakning nozik terisini qizdiradi va siydik ajralgandan keyin ham ho‘l bo‘lib qolaveradi. Shuning uchun pediatrlar tagliklarni tanlashga alohida e’tibor berishni maslahat beradilar. Ularning ichki qatlami yetarlicha yumshoq, namni yaxshi shimadigan bo‘lishi juda muhim.
Bola gigiyenasini to‘g‘ri yo’lga qo’yish ham muammolarning oldini olishga yordam beradi. Tagliklarni har 3-4 soatda, har bir defekatsiyadan so‘ng va sayrdan oldin almashtirish tavsiya etiladi. Faqat tungi uyqu bundan mustasno, chunki bu paytda chaqaloq kunduzgiga qaraganda kamroq siydik ajratadi.
Teridagi qizarishi nima sababdan paydo bo‘ladi?
Tagliklardan to‘g‘ri foydalanish qoidalari
Bolani to’sish yoki tagliklardan foydalanmaslik. Afzalliklar va kamchiliklar
Bir martalik tagliklar va bepushtlik – afsonalarni yo‘qqa chiqaramiz
Biz burunni tozalaymiz, Tirnoqlarni olish, tagliklarni almashtiramiz-hamma narsani qanday qilib to'g'ri bajarish kerak va bolaga zarar bermaslik kerak?
"Stul" (hojat) haqida bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar
Taglikdagi “lipuchka”larni oching va uni ehtiyotkorlik bilan ichkariga burashni boshlang. Chaqaloqning oyoqlaridan ushlab, uni asta ko‘taring va taglikni chiqarib oling. Taglikni o‘rab, “lipuchka”larni yopishtiring.
Har safar taglik almashtirilganda chaqaloqni yuvish kerak. Yuvish harakatlarini oldindan orqaga qarab bajarish lozim — bu jinsiy a’zolar sohasiga iflosliklarning tushishini oldini oladi.
Yuvib bo‘lgach, chaqaloqqa havo vannasi qilinadi. Buning uchun uni yalang‘och holda qorni bilan yotqizib, 5-10 daqiqaga qoldiriladi. Keyin go‘dakning dumbalari va jinsiy a’zolari atrofidagi burmalar bolalar kremi bilan yog‘lanadi va yangi taglik kiydiriladi.
Taglikni kiydirish usuli:
Toza taglikni yoying. Chaqaloqning oyoqlarini ko‘tarib, taglikning orqa qismini uning dumbasiga qo‘ying. Chetlaridagi rezinalarni yaxshilab tekislab chiqing, toki ular bolaning terisini qizdirmasin. Taglikni taqing va u tanaga qanchalik zich yopishganini tekshiring. Chaqaloqning beli va terisi orasida barmog‘ingiz sig‘adigan bo‘sh joy qolishi kerak.
Agar, baribir, terining qizarishidan qutula olmasangiz, mutaxassisga murojaat qiling. Mutaxassis muammoning aniq sababini aniqlaydi va uni bartaraf etish uchun samarali malham tanlashga yordam beradi.